Kitob o‘qishning fazilati

18.10.2024

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  Joriy yilning 17-oktyabr kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti psixologi M.K.Muhammedova, "Iqtisod" fakulteti tyutori  D.Egamovalar hamkorlikda "Iqtisod" fakulteti 1-kurs 105-guruh  "Turizm va mehmondo‘stlik" yo‘nalishi talabalari bilan “Kitob o‘qishning 21 foydasi” mavzusida tadbir o‘tkazishdi. Tadbir talabalarga doimiy ravishda kitob o‘qish boshqa tillarni o‘rganishda yangi so‘zlarni oson tushunishga va yodda saqlab qolishga yordam berishi, kitob o‘qish so‘z boyligini ko‘paytiribgina qolmay, balki umumiy savodxonlikni ham oshirishga xizmat qilishi; Ogayo shtati universiteti olimlari inson qancha ko‘p kitob o‘qisa, hayot yo‘lini shunchalik aniq tanlashga yordam berishini ta’kidlashgani, kitob o‘qish hayotdagi to‘siqlarni yengishga ham yordam berishi; Shotlandiyalik olimlarning tadqiqotlariga qaraganda, kitob o‘qish tushkunlikni davolashning eng samarali vositasi ekani, kitob o‘qish miyadagi asab tolalari sonini oshirishini aniqlashgani; tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, badiiy asar o‘qigan odam hayotda ham boshqalarning his-tuyg‘ularini yaxshi tushuna olishlari; kitob o‘qish asabni tinchlantirishda eng samarali usul ekani, atigi olti daqiqa kitob o‘qish asabiylashishga barham berishi; xotirjam bo‘lish va uxlashga yordam beradigan eng yaxshi usul kitob o‘qish ekani, televizor yoki telefondan tarqalayotgan yorqin nur miyaga uyg‘onish kerakligi haqida signal yuborishi, kitob o‘qish esa aksincha ta’sir ko‘rsatishi – miya uxlash vaqti bo‘lganligini tushunishiga yordam berishi haqidagi ma’lumotlar orqali olib borildi. 


  Yig‘ilish ishtirokchilariga zamona bilan hamnafas bo‘lgan holda internetdan kerakli vaqtda foydalanish, audio shaklidagi kitoblarni tinglash bilan bir qatorda, jonli tarzda kitob o‘qishning foydali xususiyatlari ko‘proq ekani haqida tushuncha va tavsiyalar berildi.

"Iqtisod" fakulteti tyutori  D.Egamova va Universitet psixologi M.K.Muhammedovalar  axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati