Sergey Yesenin uy-muzeyida

18.10.2024

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  "Iqtisodiyot" fakulteti talabalari tyutori Gulbahor Shodieva bilan birgalikda Sergey Yesenin muzeyiga tashrif buyurishdi. O‘zbekiston poytaxtidagi Sergey Yesenin muzeyi 1981-yil 10-iyulda Toshkent she’riyat ixlosmandlari tashabbusi bilan davlat ko‘magida shaxsiy kolleksiyalar va shoir avlodlari xayriyalari asosida ochilgan. Dastlab muzey jamoat muzeyi sifatida ishlagan, keyin “Xalq muzeyi” unvonini olgan, 1988 yildan esa davlat maqomiga ega bo‘lgan.


  Muzey fondida 3000 dan ortiq eksponatlar mavjud bo‘lib, ular asosan 1921 - yilda Sergey Yeseninning Toshkent va Samarqandga qilgan sayohati bilan bog‘liq. O‘tgan yillar mobaynida Toshkentdagi S.Yesenin nafaqat O‘zbekiston Respublikasida, balki uning chegaralaridan ancha tashqarida ham katta shuhrat qozondi. Har yili unga 5000 ga yaqin sayyoh tashrif buyuradi.  Muzeydan talabalar katta taassurotlar bilan qaytishdi.

“Iqtisodiyot” fakulteti tyutori Gulbahor Shodiyeva axboroti

   Universitet matbuot xizmati