“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida universitet birinchiligi.

17.10.2024

#Sport #Yangilik

  Joriy yilning 16-oktyabr kuni reja asosida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida stritbol sport musobaqalarining  II-bosqichi bo‘yicha fakultetlararo qizlar  hamda  yigitlar terma jamoalari o‘rtasida universitet birinchiligi  qizg‘in start oldi. Musobaqa avvalida “Irrigator” sport klubi raisi o‘rinbosari M.Norqobilov so‘zga chiqib,  talaba-yoshlarga musobaqa tartib-qoidalari haqida tushuntirish berdi hamda  jamoalarga omad va zafarlar tiladi.

Shundan so‘ng, terma  jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritish uchun maydonda o‘zaro bellashishdi. Qiziqarli va murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko‘ra  g‘oliblar quyidagicha aniqlandilar:

Stritbol (qizlar)

  •  1-o‘rin YRK  fakulteti terma jamoasi 
  •  2-o‘rin  Iqtisodiyot fakulteti terma jamoasi
  •  3-o‘rin QXM fakulteti terma jamoasi egalladi

Stritbol (yigitlar)

  •  1-o‘rin EvaH  fakulteti terma jamoasi 
  •  2-o‘rin YRK fakulteti terma jamoasi
  •  3-o‘rin Energetika fakulteti terma jamoasi egalladi

 “Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi v.b. dotsenti M.Norqobilov Axboroti

Universitet matbuot xizmati