Binar seminar tashkil etildi

17.10.2024

#Ta`lim #Yangilik

  “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti“ milliy tadqiqot universiteti “Professional ta’lim” kafedrasi o‘qituvchisi Jo‘rayeva Gulbahor Abdug‘affor qizi tomonidan “Kasbiy ta’lim metodikasi” fanidan “Taklif etilayotgan tabaqalashgan professional ta’lim muassasalari tarmog‘i" mavzusida  Binar darsi tashkil etildi. Ushbu darsga «Sirliboyev Abdullo» YTT boshlig‘i va  yuristi Sirliboyev Abdullo Muzaffar o‘g‘li taklif qilinib, 14.10.2024 yilda 60112400-Professional ta’lim (Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish) hamda 17.10.2024 yilda 60112400 - Professional ta’lim (Suv xo‘jaligi va melioratsiya) talabalari bilan ochiq suhbat olib borildi.


  Suhbat jarayonida A.Sirliboyev  My.gov.uz portal orqali «Milliy do‘kon» tizimida o‘z xizmat va tovarlarini online sotish borasida hamda yuridik hujjatlar bilan qanday ishlash bo‘yicha o‘z tajribalarini bo‘lishdi. Talabalar tomonidan yuqorida keltirilgan mavzu doirasida savollar berilib, binar seminar mehmonidan qoniqarli javoblar olindi.

  Ushbu darsda A.Sirliboyev tomonidan "Motivatsion ishonch" metodikasi talabalar o‘rtasida tashkil etil. Bu qo‘llangan metod: doskaga 5 nafar talaba taklif qilinadi. Ularning har biriga ixtiyoriy bittadan so‘z aytib o‘tilishi ta’kidlanadi va ular bu so‘zlarni faqat yakka holda eshitishlari kerak bo‘ladi. Asosiy sharti esa talabalar ustoz tomonidan aytilgan so‘zni eshitgan payti ular bir-birlarining qo‘llarini zanjir tariqasida birlashtirib olishadi, so‘ngra o‘sha so‘z aytilganida govdasini pastga qaratib tashlashlari kerak bo‘ladi va atrofdagilar yiqilgan sherigini ushlab qolishlari kerak bo‘ladi. Ammo o‘qituvchi tomonidan hamma ishtirokchiga bir xil so‘z aytiladi hamda bir daqiqa davomida ular chalg‘itib turiladi va o‘tgan vaqt davomida aytilgan so‘z ishtirokchilarga aytiladi. Bunda o‘ziga ishongan talaba yiqilmay qolishi lozim bo‘ladi.

Bu professional ta’lim talabalari uchun juda qiziqarli bo‘ldi va ularda  juda katta taassurot qoldirdi. 

Universitet matbuot xizmati