Ilm makoniga sayohat
17.10.2024
#Ma`naviy va tashkiliy
#Yangilik
“Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Ekologiya va huquq” fakulteti tyutorlari hamda ularga biriktirilgan 1-bosqich talabalar universitetimiz hududida joylashgan “Axborot resurs markazi”ga tashrif buyurishdi. Universitetdagi talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlardan keng foydalanish maqsadida kutubxonaga a’zo bo‘lishdi. Kitobsevar talabalarimiz zavq bilan turli-xildagi yozilgan kitoblardan foydalanishdi.
“Ekologiya va huquq” fakulteti tyutori I.Ahmedova va X.Saidovalar axboroti
Universitet matbuot xizmati