Abdulla Oripov - ona tili himoyachisi
17.10.2024
“Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti "Turizm va mehmondo‘stlik" 1-bosqich ijodkor talaba–yoshlari bilan birgalikda “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan "Adiblar xiyoboni"da Abdulla Oripov haykali oldida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda talabalar shoirning she’rlaridan aytib berishdi, uning hayoti va faoliyati haqida suhbatlashib, savol–javoblar qilishdi. 105-guruh faol talabasi Abdunabieva Nigora adibning “Ona tilim” nomli she’rini aytib bergani hammaga manzur bo‘ldi.
- Ming yillarkim, bulbul kalomi
- O‘zgarmaydi, yaxlit hamisha.
- Ammo sho‘rlik to‘tining xoli
- O‘zgalarga taqlid hamisha.
- Ona tilim, sen borsan, shaksiz
- Bulbul kuyin she’rga solaman
- Sen yo‘qolgan kuning, shubhasiz,
- Men ham to‘ti bo‘lib qolaman.
Tadbir so‘ngida fakultet tyutori D. Egamova ham "Tilak" nomli she’rini aytib, talabalarga o‘zining yaxshi tilak va istaklarini bildirdi. Adibning xotirasini yod etib, poyiga gullar qo‘yib qaytdik.
“Iqtisodiyot” fakulteti tyutori D.Egamova axboroti
Universitet matbuot xizmati