“Asaka” mahallasiga tashrif
16.10.2024

2024-yil 16-oktyabrda “Yer resurslari va kadastr” fakultetiga biriktirilgan M.Ulug‘bek tumanidagi “Asaka” mahallasiga tashrif buyurildi. Bizga ma’lumki, mahallada tarbiyasi og‘ir bo‘lgan qizlar bilan suhbat o‘tkazish murakkab ijtimoiy vazifa bo‘lib, bu jarayonda bir nechta muhim omillar va jarayonlar mavjud. Bunday qizlar turli sabablarga ko‘ra qiyinchiliklarga duch kelishlari mumkin, masalan, oilaviy zo‘ravonlik, iqtisodiy qiyinchiliklar, ta’limdagi muammolar yoki jinoiy muhit ta’siri. Ular bilan samarali muloqot o‘rnatish uchun bir qator muhim qadamlar bajarilishi kerak. Mahalla fuqarolar yig‘ini kengashi a’zolari va uchastka profilaktika noziri bilan birgalikda mahallada istiqomat qilayotgan tarbiyasi og‘ir SH.Azlarova bilan suhbat o‘tkazildi. Haqiqatdan ham tarbiyasi og‘irligiga sabab oilaviy muhitni ta’siri ekanligi. Biroq bunda mahalla faollari, ijtimoiy xizmat xodimlari va psixologlar bilan hamkorlik qilish zarurligi to‘g‘risida gapirib o‘tildi.
Ushbu suhbatlarning maqsadi qizlarning ichki dunyosiga e’tibor qaratish, ularni tushunish va qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ularni jamiyatga moslashtirishdir. Mahallalarda bu jarayonlarni samarali tashkil qilish, jamiyatning turli mutaxassislari va tashkilotlari bilan hamkorlikni talab qiladi.
"YRK" fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.Xafizova va tyutor M.Turg‘unovalar axboroti
Universitet matbuot xizmati