Kiber jinoyat haqida nima bilamiz?

15.10.2024

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  Bugungi kunda kiber jinoyatlarga qarshi kurashish va oldini olish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot tadbirlari barcha aholi qatlami o‘rtasida olib borilmoqda. Navbatdagi tadbir joriy yilning 15 oktyabr kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Gidrotexnika qurilishi" fakulteti 1-bosqich talabalari bilan universitet rektori maslahatchisi A.Abdusamatov, universitet profilaktika inspektori, leytenant G.Xalilova, “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti dekan o‘rinbosari J.Yarashov hamda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i S.Norimovlar tomonidan tashkil etildi. 


  XXI asr o‘z nomi bilan texnika va texnologiyalar asri. Global internet tarmog‘i rivojlangani sari uning keng imkoniyatlari insoniyat uchun nafaqat beqiyos qulaylik yaratmoqda, balki xavf-xatar o‘chog‘iga aylanib borayotgani ham ayni haqiqat. Bu tahdid-global tarmoqda avj olayotgan internet orqali sodir qilinayotgan, ta’bir joiz bo‘lsa, bemalol, uyda o‘tirib ham sodir etsa bo‘ladigan jinoyatlardir. Bu jinoyatchilik turi – kiber jinoyatchilik deb atalib, unga xalqaro jinoyatchilik amaliyotida ayniqsa, o‘smir yoshlar ko‘p qo‘l urayotganligi yanada achinarlidir.

  Uchrashuvda soxta havolalarga aldanib qolmaslik, shaxsiy ma’lumotlarni begona foydalanuvchilarga taqdim etmaslik bo‘yicha universitet profilaktika inspektorlari tomonidan tushuntirishlar va kelgusida  kiber jinoyatlardan jabrlanib qolmaslikka qaratilgan tavsiyalar berildi. 

  Yoshlar tadbir jarayonida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

“GTQ” fakulteti tyutori    D.S.Xursandova  axboroti

Universitet matbuot xizmati