Ishlab chiqarish va ta’lim jarayonining integratsiyasi bugungi kun talabi...

15.10.2024

#Ta`lim #Yangilik

  Joriy yilning 14-oktyabr kuni "Gidrotexnika inshootlari va muhandislik konstruksiyalari" kafedrasining professor-o‘qituvchilari ishlab chiqarish tashkilotlari va korxonalardagi muammo va ularning yechimiga qaratilgan "Bir oyda bir kun" loyihasi doirasida "Suvloyiha" MCHJga tashrif buyurdi. Tashrif davomida loyiha tashkilotining rahbar va mutaxassis kadrlari bilan loyiha jarayonlarida uchraydigan muammo va ularning yechimi bo‘yicha davra suhbati olib borildi. Uchrashuv davomida yangi turdagi bazalt materiallarining xususiyati va ularning qurilishdagi afzalligi haqida  ma’lumotlar berildi. Tashrif yakunida tasdiqlangan grafik asosida doimiy tashrif va keyingi uchrashuvlar mavzulari kelishib olindi.