Erta turmushning salbiy oqibatlari

15.10.2024

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  Joriy yilning 14-oktyabr kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti psixologi M.K.Muhammedova, "Gidrotexnika qurilishi" fakulteti xotin-qizlar bo‘yicha dekan maslahatchisi F.Yunusova, "Gidrotexnika qurilishi" fakulteti tyutori D.Xursandova hamda 1-TTJ tarbiyachi pedagogi N.To‘raqulovalar "Gidrotexnika qurilishi" fakulteti 1-talabalar turar joyi talaba qizlari ishtirokida "Erta turmush va erta tug‘ruqning oldini olish"  mavzusida seminar trening tashkil etdilar. Tadbir erta turmush qurish va erta tug‘ruqning salbiy oqibatlari haqida ma’lumot berish va salbiy oqibatlarning oldini olish maqsadida tashkil etildi. 


  Seminarda erta turmush qurishning salbiy oqibatlari, uning natijalari nimalarga olib kelishi mumkinligi, yoshlarning psixoemotsional tomondan turmush qurishga tayyor emasligi sababli, yosh kelin-kuyov orasida asabiylashish hisobiga tushunmovchiliklar kelib chiqishi ko‘plab uchrayotganligi, yosh kelinchaklarni yangi oila muhitiga ko‘nikishidagi stress holatlari, fiziologik tomondan yetilmagan yosh qiz organizmining homilador bo‘lishi, natijada nogiron farzandlarning vujudga kelishi va uning salbiy oqibatlari, psixologik va jismonan zo‘riqishi sababli yosh kelinchaklar tez-tez turli xil kasalliklarga duchor bo‘lishi hamda bilimlari va hayot tajribasi kam bo‘lgani uchun o‘zini va farzandlari salomatligini asrash imkoniga ega bo‘la olmasliklari haqida so‘z yuritildi.


  Tadbirda so‘zga chiqqan barcha pedagoglar mavzu yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tishdi. Yig‘ilish so‘ngida barcha seminar ishtirokchilari tadbirdan olgan taassurotlari haqida o‘z fikrlarini bayon etishdi va fikr almashish natijasida ko‘plab foydali ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.Barcha yig‘ilish ishtirokchilari o‘tkazilgan tadbirdan bir olam ma’naviy ozuqa olishgan holda tadbir yakuniga yetdi.

Universitet psixologi M.K.Muhammedova,"GTQ" fakulteti tyutori D.Xursandova va "GTQ" fakulteti xotin-qizlar bo‘yicha dekan maslahatchisi F.Yunusovalar  axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati