Til bayrami – dil bayrami
14.10.2024

“Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti 1-bosqich iqtidorli talabalari bilan 21 oktyabr o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Alisher Navoiy bobomiz nomi bilan ataluvchi O‘zbekiston Milliy bog‘iga "Adiblar xiyoboni"ga tashrif uyushtirildi. Ushbu xiyobonda o‘zbek adabiyotining ma’naviy – ma’rifiy shajarasi sifatida o‘rnatilgan atoqli adiblarimiz haykallari mavjud.
Xalqning, millatning mavjudligi, avvalo, uning o‘z tiliga egaligi bilan belgilanadi. 1989 - yil 21 - oktyabrda “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilinib, o‘zbek tilining huquqiy maqomi mustahkamlandi. Ona tili- millat tafakkurining bebaho xazinasi, ulkan boyligi sifatida ijtimoiy muhitda muhim ahamiyat kasb etadi. SHu o‘rinda o‘zbek tili - mustaqil davlatimizning gerbi, bayrog‘i, madhiyasi qatorida turadigan, qonun bilan himoyalanadigan davlat ramziga aylangan. “O‘zbek tili bayrami” munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirimiz talaba- yoshlar juda faol bo‘lishdi, tadbir juda ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. O‘zbek tili asoschisi Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi, uning hayoti va ijodi haqida so‘zlashdi, sherlaridan o‘qishdi. Talaba- yoshlar ushbu tadbirdan mamnun qaytishdi.
“Iqtisodiyot” fakulteti tyutori D.Egamova axboroti
Universitet matbuot xizmati