“Biz zo‘ravonlikka qarshimiz”

12.10.2024

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  Joriy yil 11 oktyabr kuni “Ekologiya va huquq”  fakulteti talaba qizlari ishtirokida 11- oktyabr Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbir Yoshlar ishlar ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari, Universitet Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha profilaktika inspektori G. Xalilova va tyutorlar hamkorligida o‘tkazildi. Tadbirga Mirzo Ulug‘bek tumani IIB faoliyatini muvofiqlashtirish huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi xotin qizlar masallari bo‘yicha katta inspektori Tursunaliyeva Lola Baxtiyorovna, Molashxiya Tamara Yuriyevna,  taklif etildi. Ichki ishlar  xodimlari tomonidan “Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining Qonunning mazmuni va ahamiyati xususida to‘xtalib o‘tildi. Bundan tashqari, zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlari hamda ularga "himoya orderi" berish tartibi, «Ayollar daftari» tizimi borasida olib borilayotgan ishlar xususida fikr-mulohazalar bildirildi. Ijobiy natijalar bilan birga ushbu yo‘nalishlarda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan masalalarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Tadbir so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan savollar bilan murojaat qildilar. Tadbir tashkilotchilari tomonidan bu kabi seminar va boshqa targ‘ibot tadbirlari kelgusida yana tashkillashtirilishi haqida kelishib olindi.


 “Ekologiya va huquq” fakulteti dekan maslahatchisi B.Mamadaminova, axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati