Nazariy bilimlar amaliyotda mustahkamlanmoqda...

12.10.2024

#Ta`lim #Yangilik

  "Gidrotexnika inshootlari va muhandislik konstruksiyalari" kafedrasi dotsenti K.Nazarov tomonidan "Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish" 403-guruh talabalariga 5+1 dasturi doirasida "Gidrotexnika inshootlari" fanidan navbatdagi dars mashg‘uloti bevosita "Quyi-Chotqol GES" qurilish obyektida olib borildi. Mashg‘ulot davomida talabalar qurilish obyektida olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javoblar olishdi va nazariy bilimlarini yanada mustahkamlashdi.