Uy muzeyga sayohat

12.10.2024

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  Joriy yilning 11-oktyabr kuni “TIQXMMI” MTU “Energetika” fakulteti 103-guruh talabalari tyutor B. Abdullayev boshchiligida Sergey Borodin memorial uy muzeyiga tashrif buyurishdi. Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, Sergey Borodin uy-muzeyi 1981-yilda tashkil etilgan. Ushbu muzey XX asr o‘rtalarida yashagan va 1950-1974-yillarda bir qator yirik tarixiy prozaik janrlar muallifi rus yozuvchisi Sergey Borodin xotirasiga bag‘ishlangan. Muzey adabiy ekspozitsiyasining ikkita zali adib hayoti va ijodiy faoliyatining asosiy bosqichlarini o‘z ichiga oladi. Talabalar uning ijodi, kutubxonasi, asarlari va sayohatlari haqida keng ma’lumotga ega bo‘lishdi. Umid qilamiz-ku talabalar uchun esda qolarli sayohat bo‘ldi. Vaqtlarini qiziqarli va mazmunli o‘tkazishganidan talabalarimiz xursand bo‘lishdi va juda mamnun ekanliklarini bildirishdi.

“Energetika” fakulteti tyutori B.Abdullayev axboroti

Universitet matbuot xizmati