UNESCO Kafedrasida “Irrigatsiya va drenaj bo‘yicha xalqaro komissiya” (ICID) faxriy Vitse-Prezidenti, AFRWG-ICID raisi va ICID salohiyatini rivojlantirish, treining va ta’lim ishchi guruhi raisi Dr. Mohamed Vahba (Misr) va «Dayu irrigation group Co., Ltd.” suv tejamkor texnologiyalar kompaniyasi vakili Yateng Wu (Xitoy) bilan uchrashuv

11.10.2024

#Tadqiqotlar #Xalqaro hamkorlik #Yangilik

Bugun, 2024 yil 11-oktyabr kuni, «Ekologiya va suv resurslarini boshqarish» kafedrasi qoshidagi “Suv diplomatiyasi, suv resurslarini boshqarish va atrof-muhit muhofazasi” UNESCO Kafedrasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida “Irrigatsiya va drenaj bo‘yicha xalqaro komissiya” (ICID) faxriy Vitse-Prezidenti, AFRWG-ICID raisi va ICID salohiyatini rivojlantirish, treining va ta’lim ishchi guruhi raisi Dr. Mohamed A. Shehata Vahba (Misr) va Xitoydagi «Dayu irrigation group Co., Ltd.” suv tejamkor texnologiyalar kompaniyasi vakili Yateng Wu (Xitoy) bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ushbu uchrashuvda TIQXMMIMTU professor-oqituvchilari: Prof. Baxtiyor Karimov, Prof. Botir Abdullaev, Dr. Gulom Bekmirzaev, Dr. Sunnat Tadjiev va tayanch doktorant Shobegim Shoergashovalar qatnashishdi.

Uchrashuv davomida Prof. B.Karimov mehmonlargaSuv diplomatiyasi, suv resurslarini boshqarish va atrof-muhit muhofazasiUNESCO Kafedrasi faoliyati haqida batafsil malumot berdi, videolavha namoyish etildi. Dr. Mohamed oz navbatida qatnashchilarni ICID faoliyati bilan tanishtirdi, mavjud muammolar va echimlar haqida malumot berdi. Uchrashuvda ozaro hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi, shu jumladan, Ozbekistondagi suv resurslari muammosi, suvdagi mineralizatsiya darajasini oshib borishi, bu esa qishloq xojaligi va barqaror rivojlanish maqsadlari uchun salbiy tasir korsatishi haqida takidlab otildi. Bundan tashqari, Yateng Wu tomonidan «Dayu irrigation group Co., Ltd.” Kompaniyasi faoliyati va imkoniyatlari haqida taqdimot qilindi.

Suhbat yakunida barcha uchrashuv ishtirokchilarni kelgusi ishlarda hamkorlikda ishlashi maqsadida WhatsApp platformasida guruh tashkil etildi. Ushbu Guruh kelajakda amalga oshirilishi mo’ljallangan “Pilot” loyihasi birinchi variantini tayyorlash vazifasini o’z oldiga qo’ydi. Ushbu uchrashuv Universitetimiz ravnaqi va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun poydevor sifatida xizmat qiladi degan umiddamiz. 

Ma’lumot tayyorlovchi: “Ekologiya va suv resurslarini boshqarish” kafedrasi professori B.Q.Karimov