Piskent tumanidagi 37-sonli maktabga tashrif

09.10.2024

#Yangilik

  Joriy yilning 9-oktyabrida “Yer resurslarini boshqarish” kafedrasining professor-o‘qituvchilari O‘. Muxtorov, Z. Xafizova va Yu.Usmonovlar Piskent tumanidagi 37-sonli maktabga tashrif buyurishdi.

  Tashrifning asosiy maqsadi — 2024-2025 o‘quv yilida bajariladigan ishlar ( ta’lim sifati va o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish va metodik qo‘llab quvvatlash uchun hamkorlikni tashkil etish bo‘yicha Yo‘l xaritasi)ni tasdiqlab olish va maktab o‘quvchilari bilan tadqiqot, ta’lim va qishloq xo‘jaligi sohasidagi zamonaviy tendensiyalar bilan tanishish, ularda qiziqish uyg‘otish va kasbiy yo‘nalishlarga rag‘batlantirishdan iborat edi.

  O‘qituvchilarning maktabga tashrifi, o‘quvchilarning bilimlarini kengaytirish, ularni ilmiy faoliyatga rag‘batlantirish va qishloq xo‘jaligi sohasidagi zamonaviy tendensiyalar bilan tanishtirish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Bunday tashriflar, umuman olganda, ta’lim jarayonini rivojlantirish va o‘quvchilarning kasbiy yo‘nalishlarga qiziqishini kuchaytirishga xizmat qiladi.

"YRK" fakulteti katta o‘qituvchisi Z.Xafizova axboroti

Universitet matbuot xizmati