“Zakovat” intellektual uyini

09.10.2024

#Yangilik

  2024 yil 9-oktyabrda “Yer resurslari va kadastr” fakultetida talaba qizlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual uyini tashkil etildi. «Zakovat» intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20.01.2022 yildagi PQ-96-son qaroriga binoan chora-tadbirlar dasturi qabul qilingan edi. Ushbu dasturda iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual o‘yinlarga keng jalb qilish, ushbu o‘yinlar tashkil qilinishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va zarur shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, aholining intellektual salohiyatini yuksaltirish ta’kidlab o‘tilgan. 

  Zakovat — bu aql va mantiqni sinovdan o‘tkazadigan, kuchli raqobatni talab qiluvchi intellektual o‘yin bo‘lib, uning asosiy maqsadi ishtirokchilarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishdir. 


  Zakovat o‘yini qadim zamonlardan beri mavjud bo‘lib, uning ildizlari turli xalqlarning aqliy musobaqalariga borib taqaladi. O‘yin dastlab ko‘ngil ochish va qiziqarli vaqt o‘tkazish uchun tashkil etilgan. Hozirgi kunda esa, Zakovat ko‘plab mamlakatlarda tan olinadigan intellektual sportga aylangan.

  Zakovat intellektual o‘yini zamonaviy hayotda juda muhim ahamiyatga ega. U nafaqat bilimlarni kengaytiradi, balki fikrlash va mantiqiy qobiliyatlarni rivojlantiradi. Ushbu o‘yin orqali odamlar o‘zlarini sinab ko‘rishlari, yangi do‘stlar orttirishlari va birgalikda vaqt o‘tkazishlari mumkin. 

  O‘yin natijalariga ko‘ra “1-guruh “Kreativ taraqqiyot” jamoasi: 2-o‘rinni, 2-guruh “Fikr ustunlari” jamoasi:  1- o‘rinni va 3-guruh  “Tashabbuschilar” jamoasi: 2-o‘rinni, egallashdi. “Zakovat” intellektual uyini tashkil etishda yordam bergan barcha professor-o‘qituvchilarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

"YRK" fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi  Z.Xafizova axboroti

Universitet matbuot xizmati