“Ko’zga surtgum ustoz bosgan tuproqlarni” mavzusida nafaqadagi ustoz pedogog bilan davra suhbati
07.10.2024

2024-yil 7-oktyabrda “Yer resurslari va kadastr ” fakultetida Ko’zga surtgum ustoz bosgan tuproqlarni” mavzusida nafaqadagi ustoz pedogog va o’qituvchilar ishtirokida davra suhbati o’tkazildi. Ushbu davra suhbatiga ko’p yillar davomida “To’proqshunoslik va dehqonchilik” kafedrasida faoliyat yuritgan dots. M.Maxmudova taklif qilindi. Ushbu yig’ilishda Xikmatullaev S.,Xafizova Z.X., Haqberdiev O. , Xaitbaeva J., Murodova D. va M.Turg’unovalar ishtirok etdilar.
Bugun oliy o’quv yurtimizda o’tkazilayotgan davra suhbati
nafaqadagi ustoz pedagoglar va professor-o’qituvchilar ishtirokida bo’lib o’tmoqda.
Suhbatning asosiy maqsadi – ko’p yillar davomida ilmiy va pedagogik faoliyatda xizmat
qilgan, o’z sohasida yetakchi bo’lgan, minglab talabalarni tarbiyalagan ustozlarning
hayotiy tajribalari bilan bo’lishish va yoshlarga o’rnak ko’rsatishdir.
Tadbirni ochib berish uchun dekan o’rinbosari S.Xikmatullaev so’zga chiqib, nafaqadagi ustozlarning mamlakatimiz
ilmiy-ma’rifiy rivojlanishiga qo’shgan hissasi haqida so’z yuritdi: "Bugungi
kunda jamiyatimizda erishilayotgan har qanday ilmiy yutuqlar zamirida siz, hurmatli
ustozlar, turibsiz. Sizlarning tajribangiz va fidoyiligingiz – biz uchun bebaho
boylik. O’z hayotingizni ilm-fanga, ta’lim va tarbiyaga bag’ishlab, ko’plab
yetuk mutaxassislarni tarbiyaladingiz."
Suhbat davomida universitetning faxriy xodimi va fan nomzodi
M.Maxmudova o’z hayotidagi muhim voqealarni
esladi: "Ko’p yillik faoliyatim davomida men nafaqat ilm bilan shug’ullandim,
balki minglab yoshlarni ilmiy izlanishlarga undashga harakat qildim. Men uchun eng
katta yutuq – ilmni davom ettirayotgan, olamshumul kashfiyotlar qilayotgan shogirdlarimdir.
Biz ilmiy ishlarda faqat nazariy bilimni o’rgatmadik, balki talabalarni mustaqil
fikrlashga, yaratishga o’rgatdik" deb gapirib o’tdi.
"YRK" fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan
maslahatchisi Z.Xafizova “Yoshlar masalalari
bo’yicha dekan
o’rinbosari” S.Hikmatullaev axboroti
Universitet matbuot xizmati





