Pazandachilik sirlari

07.10.2024

#Yangilik

  “Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti 1-bosqich talaba qizlari bilan 3- talabalar turar joyida Xonim deb nomlangan xamirli taomni pishirishni o‘rgandik. Bu taom aslida mantiqozonda pishiriladi, lekin biz buni duxovkada pishirib ko‘rdik. Xonim juda mazali va chiroyli bo‘lib chiqdi. Taomdan o‘g‘il bolalarga ham uzatdik, rahmat aytishdi, juda mazali chiqibdi deyishdi.

  Talaba-yoshlar mustaqil hayot kechirishni o‘rganishlarida biz tarbiyachilar, pedagoglar doim yordamimizni berib kelamiz. Ularga kerakli maslahatlar, tavsiyalar berib boramiz. Keling, mehmonimiz bo‘ling. Hammaga yoqimli ishtaha tilaymiz.

 “Iqtisodiyot” fakulteti tyutori D.Egamova axboroti 

Universitet matbuot xizmati