“Komplayens nazorat” tizimi
05.10.2024

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida III-kurs sirtqi bo‘lim guruh sardorlari bilan korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Gapparov tomonidan davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbati mavzusi: "Universitetda korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish va “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida” gi Qonun muhokamasi.
Davra suhbati jarayonida: guruh sardorlariga O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida” gi Qonuni, uning maqsadi va amal qilish sohasi shuningdek, tegishli yo‘nalishdagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish bo‘yicha tushuntirish berib o‘tildi; ta’lim jarayoniga bevosita talabalar va professor o‘qituvchilar yoki xodimlar o‘rtasidagi korrupsiyaviy holatlar yuzasidan muammoli savollar tinglandi, tavsiyalar berildi.
Davra suhbatida dekan Sh.Mardonov, muovini S.Xidirovlar ishtirok etishdi.



