Tozalik va gigiyena. (haftaning juma kunlari tozalik kuni)
04.10.2024

2024-yil 4-oktyabrda 4-talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan “Ye resurslari va kadastr” fakultetining talaba qizlari bilan birgalikda “Tozalik va gigiyena” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Har bir talabaning ta’lim olish jarayonida yashash sharoitlari muhim ahamiyatga ega. Talabalar yotoqxonasi — bu nafaqat uy, balki do‘stlar, talabalar va hayotning turli xil tajribalari bilan o‘rtoqlashuvchi joy. Shu bois, yotoqxonaning tozaligi va uyg‘unligi talabalarning psixologiyasiga, ularning ta’lim jarayoniga ta’sir qiladi.
Tozalik kuni yotoqxonalarda har haftada amalga oshiriladigan maxsus tadbirdir. Bu kunning maqsadi — yotoqxonadagi gigiyena, tozalik va umumiy farovonlikni ta’minlash. Tozalik kunida talabalar o‘z shaxsiy bo‘lmalari, hamda umumiy foydalanish uchun mo‘ljallangan joylar (oshxona, dush, hovli) ni tozalash bilan shug‘ullanadilar.
Talabalar o‘zlarining kiyim-kechak, kitob va boshqa buyumlarni to‘g‘ri joylashtirishadi. Chiroyli va tartibli bo‘lgan, eng avval, talabaning o‘zini yaxshi his qilishini ta’minlaydi.
Oshxona, dush va hovlidagi tozalik ham katta ahamiyatga ega. Talabalar birgalikda bu joylarni tozalab, ularning holatini yaxshilashga harakat qilishadi.
Tozalik kuni davomida sanitariya va gigiyena tadbirlari ham o‘tkazilishi mumkin. Masalan, zararli mikroorganizmlarni yo‘qotish uchun tozalovchi vositalardan foydalanish.
Tozalik kuni talabalarning yotoqxonadagi muhitini yaxshilaydi, shundan kelib chiqib, ularning ijodiy va akademik faoliyatini rag‘batlantiradi.
Talabalar o‘rtasidagi hamkorlik va hamjihatlikni kuchaytiradi, bu esa do‘stlik va ijtimoiy aloqalarni mustahkamlaydi.
Tozalik kuni davomida talabalar bir-birlari bilan o‘zaro aloqada bo‘lishadi, bu esa o‘zaro samarali muloqotni ta’minlaydi.
Talabalar yotoqxonasidagi tozalik kuni — bu faqatgina tozalikni ta’minlash emas, balki jamoa muhitini yaxshilash, do‘stlikni mustahkamlash va talabalarning umumiy farovonligini ta’minlash imkonidir. Har bir talabaning yotoqxonadagi rolini qadrlash va faol ishtirok etish, ularning hayotini yanada qizg‘in va samarali qilishga yordam beradi. Biroq shu o‘rinda shuni ta’kidlash kerakki, har bir talaba o‘zi yashayotgan xonaning tozaligiga katta e’tibor berish kerak. Gigiyenaga rioya qilishimiz shart.
"YRK" fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.Xafizova axboroti
Universitet matbuot xizmati