Muzeylar o‘tmishdan darak

04.10.2024

#Yangilik

  “Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti 1-bosqich  108-guruh  talabalari bilan universitetimiz hududiga  yaqin joylashgan Yesenin uy-muzeyiga hamda Tamaraxonim uy-muzeyiga sayohat uyushtirdik. Sergey Yesenin rus adabiyotida o‘ziga xos o‘rin tutadi, o‘z vaqtida ba’zi adabiyotshunoslar uni Pushkin bilan tenglashtirgan. O‘zbek kitobxonlariga shoirning ko‘rkam manzarali yorug‘ majozlari yaxshi tanishdir. Tamaraxonim esa asli ismi Tamara Artyomovna Petrosyan raqqosa, xonanda, baletmeyster. SSSR xalq artisti, ikkinchi darajali Stalin mukofoti laureati.

  Bunday taniqli insonlarning uy-muzeylariga qilingan tashrifdan talaba-yoshlar bir olam ma’lumotlar va taassurotlar bilan qaytishdi.

“Iqtisodiyot” fakulteti   tyutori D.Egamova axboroti

Universitet matbuot xizmati