Ustoz nomi buyuk va suyuk

04.10.2024

#Yangilik

  Joriy yilning 3 - oktyabr kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti "Ekologiya va huquq" fakulteti tyutorlari X.R.Saidova va I.Ahmedovalar  boshchiligida fakultetining 1-bosqich faol talabalari ishtirokida  “Ustoz- qadri buyuk muallim!" mavzusida ma’naviyat  darsi o‘tkazildi. Tadbirga mehmon sifatida "O‘qitish metodikasi va nazariyasi" kafedrasiga, filologiya fanlari doktori, professor O.R. Isarov taklif qilindi.

  Yoshlarga kasbiy mahoratni tarbiyalash, ma’naviy - ma’rifiy salohiyatini oshirish, izlanish va o‘z ustida mehnat qilish, har tomonlama yetuk va salohiyatli kadrlarni shakllantirishda o‘ziga xos tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib, yurt ravnaqi yo‘lida o‘zining munosib hissasini qo‘sha oladigan, aql-idrokli va qobiliyatli shogirdlar tayyorlashda sohada tajribaga ega bo‘lgan ustozlarning o‘rni beqiyosdir.

  Bugungi kunda yosh kadrlarni  to‘g‘ri yo‘naltirish maqsadida “Ustoz-Shogird” an’anasi asosida har bir yosh kadrga o‘z kasbining fidoyilari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan malakali xodimlar biriktirilgan bo‘lib, ular yosh kadrlarga kasb sir-asrorlarini o‘rgatib kelmoqdalar.

  Bu kabi o‘quv darslari yosh kadrlarni o‘z ustida mehnat qilishi, bilimlarini takrorlab olishi, yetuk va salohiyatli kadrlar bo‘lib yetishishiga hamda tajriba va ko‘nikmalarini rivojlanishiga xizmat qiladi.

"Ekologiya va huquq" tyutorlari X.Saidova va I.Ahmedovalar axboroti

Universitet matbuot xizmati.