Biz korrupsiya va giyohvandlikka qarshimiz
04.10.2024
2024-yil 4-oktyabr kuni “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultetining 1-kurs talabalari bilan fakultet dekani Qodirjon Shavazov, Universitet huquq tartibot maskani katta inspektori Ubaydullayev Abzal Rixsiboyevich hamda leytenant Xalilova Gulruhlar davra suhbati tashkil etildi.
Dastlab Q.Shavazov Korrupsiya – jamiyatning iqtisodiy taraqqiyotini izdan chiqarib, adolatsizlik natijasida insonlar o‘rtasida notenglikni yuzaga keltiruvchi, ayrim mansabdor shaxslarning nohalol yo‘l orqali mablag‘ orttirib, jamiyat tanazzuliga yuz tutishiga sabab bo‘luvchi, qisqacha aytganda, barcha mamlakatlar oldida turgan global muammo hisoblanuvchi jirkanch illat sanaladi. Bu illatga qarshi necha ming yillardan buyon qarshi kurash olib borilsa-da, chek qo‘yishning imkoni bo‘lmayapti.
Tadbir davomida universitet huquq tartibot maskani katta inspektori Ubaydullayev Abzal Rixsiboyevich so‘zga chiqib, hozirgi axborot rivojlangan davrda yoshlarning o‘z salomatliklari va sog‘lom turmush tarzini olib borishlari uchun birinchi navbatda ogoh bo‘lishlari, jamiyatda giyohvandlik hamda psixotrop moddalar jinoyatchiligi bilan bog‘liq holatlarga beparvo bo‘lmasliklari, har kim qayerda bo‘lmasin sog‘lom turmush tarziga amal qilishi va uni muntazam targ‘ib etishi lozimligi haqida tushuntirish ishlarini olib bordilar.
Tadbir so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
“QXM” fakulteti Tyutorlari J.Sa’dullayev va O.Abdullayevalar axboroti
Universitet matbuot xizmati