Borodin uy-muzeyiga tashrif
04.10.2024

“Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti 1-bosqich talabalari bilan universitetimiz yonginasida joylashgan mashhur yozuvchi Borodin uy-muzeyiga tashrif uyushtirdik. Ushbu uy-muzey 1920 yilda qurilgan, yozuvchi 1950-yilda Toshkentga butunlay ko‘chib kelgan. Bu muzey Toshkentdagi birinchi uy-muzey hisoblanadi. Bu erdagi mehmonxona yozuvchi hayotligida qanday bo‘lsa, shundayligicha saqlab qolingan. Kutubxonadagi son- sanoqsiz kitoblar esa yozuvchining ijodidan darak berib turadi. Muzey xodimi talabalarga Borodinning hayoti va ijodi haqida so‘zlab berdi . Talaba-yoshlar ushbu sayohatdan ma’naviy ozuqa olib qaytishdi.
“Iqtisodiyot” fakulteti tyutori D.Egamova axboroti
Universitet matbuot xizmati