“O‘ZDAVYERLOYIHA-DILI” NOMLI STIPENDIYASI TA’SIS ETILDI
04.10.2024
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti, Yer resurslari va kadastr fakultetining
3 va 4-kurs talabalari uchun “O‘zdavyerloyiha-DILI” nomli stipendiyasi ta’sis etildi.
Yer resurslari va kadastr fakultetining 10 nafar iqtidorli talabalari
2024-2025 o‘quv yili uchun “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutining
stipendiyasi sohibi bo‘lishdi. Stipendiya miqdori “5” baholik stipendiya miqdori
bilan tenglashtirilgan bo‘lib, talabalar 12 oy mobaynida stipendiya olishlari belgilangan.
Universitetning navbatdagi bo‘lib o‘tgan Ilmiy Kengashida “O‘zdavyerloyiha”
davlat ilmiy-loyihalash institutining Bosh direktori Turayev Ruhiddin Amirqulovich
hamda universitet rektori Mirzayev Baxodir Suyunovichlar tomonidan talabalarga stipendiya
g‘olibligi to‘g‘risidagi vaucherlar va faxriy yorliqlar topshirildi.
Bundan
tashqari “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutining Bosh direktori
Turayev Ruhiddin Amirqulovich fakultetning bitiruvchi kurs talabalarini doimiy
ish bilan ta’minlash va yuqori kurs talabalarini ishga moslashuvchanligini
ta’minlash uchun ish o‘rganishlariga sharoitlar yaratib berishi to‘g‘risida
ta’kidlab o‘tdi.
Shu
bilan birga Ruhiddin Amirqulovich ijarada istiqomad qiluvchi talabalarning
oilaviy sharoitidan kelib chiqib ijara pullarini qisman qoplab berish
masalalariga ham yaqindan ko‘mak berishini aytdi.
Tadbir
sungida universitet rektori Mirzayev Baxodir Suyunovich “O‘zdavyerloyiha”
davlat ilmiy-loyihalash institutining Bosh direktori Turayev Ruhiddin
Amirqulovichni universitet tashakkurnomasi bilan taqdirladi.