“Xalqaro qizlar kuni”ga tayyorgarlik
03.10.2024
2024-yil 2-oktyabrda 4-talabalar turar joyida talaba qizlar bilan— “Xalqaro qizlar kuni” o‘tkazish bo‘yicha tadbir o‘tkazildi. Yer resurslari va kadastr fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.Xafizova so‘zga chiqib, shunday dedi: Bizga ma’lumki, BMT Bosh Assambleyasining 2011 - yil 19 - dekabrdagi rezolyutsiyasiga asosan 11-oktyabr — “Xalqaro qizlar kuni” deb e’lon qilinganligi, bu sana har yili jahon bo‘ylab turli davlatlarda qizlarning kamsitilishi, ularning ijtimoiy muammolariga e’tibor qaratish maqsadida nishonlab kelinadi.
Bu tadbirning asosiy maqsadi qizlarning huquqlari, ularning imkoniyatlari va jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlashga e’tibor qaratuvchi platformani yaratishdir. Qizlar kuni ularning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotdagi ishtirokini rag‘batlantirish, shuningdek, ularning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.
Xalqaro qizlar kuni doirasida turli tadbirlar o‘tkaziladi. Bu tadbirlar ichida seminarlar, treninglar, ma’ruzalar, madaniyat tadbirlari, ko‘rgazmalar va ijodiy musobaqalar bor. Ushbu faoliyatlar orqali qizlarning ijodiy iqtidorlari namoyon etiladi va ularning ijtimoiy muammolari muhokama qilinadi.
Qizlar kunining yana bir muhim tomoni — jamiyatning qizlarga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirishdir. Kun doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar jamoatchilikni qizlarning huquqlari, ularning ijtimoiy hayotdagi ahamiyati haqida xabardor qilishga qaratilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tdi..
Shundan so‘ng talaba qizlarimiz so‘zga chiqib, tadbirda o‘zlarining ko‘rgazmalari va ijodiy musobaqalarini undan tashqari o‘zlarining yo‘nalishlari bo‘yicha loyihalarini namoyish qilishlarini aytib o‘tishdi.
"YRK" fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.Xafizova axboroti
Universitet matbuot xizmati