Professor-o‘qituvchilarimiz Avstriyada malaka oshirish jarayonini boshlashdi.

30.09.2024

#Yangilik

  Avstriya Federal ta’lim vazirligining rasmiy ruxsati va “FELDER GROUP” kompaniyasining taklifiga binoan “HÖhere Technische Bundeslehranstalt Imst” universitetiga “TIMBER TECHNOLOGY” o‘quv kursida malaka oshirish maqsadida, rektorning 2024 yil 21-sentyabrdagi 185 x/s-sonli buyrug‘iga binoan professor-o‘qituvchilarimiz B.B.Hasanov, A.I.Azimov, L.B.Muratov, M.Z.Radjabov o‘quv jarayonini boshladilar. 

  Professor-o‘qituvchilarimizga “HÖhere Technische Bundeslehranstalt Imst” rahbariyati universitetda yog‘ochsozlik va mebel sanoati uchun zamonaviy kadrlar tayyorlash maqsadida yaratilgan sharoitlar, o‘quv jarayonida foydalanilayotgan “FELDER GROUP” kompaniyasining avtomatlashtirilgan uskunalari, shu jumladan kompyuter orqali raqamli dasturlarda boshqariladigan (CNC) dastgohlarini hamda talabalar yog‘ochdan tayyorlagan namunalarni ko‘rsatishdi.

GTQ fakulteti dekan o‘rinbosari A.Azimov  axboroti

Universitet matbuot xizmati