Xitoy Xalq Respublikasida rektorlar forumi tashkil etildi
30.09.2024
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari
o‘rnatilganiga 30 yildan oshdi. Keyingi yillarda strategik sheriklik aloqalari
yuksak darajaga ko‘tarilib, ikki tomonlama munosabatlar jadal sur’atda
rivojlanmoqda.
Ikki davlat o‘rtasida oliy ta’lim sohasidagi
munosabatlar ham yildan yilga rivojlanib boryapti. Ayni chog‘da sakkiz ming
nafardan ortiq o‘zbekistonlik yoshlar Xitoyda oliy o‘quv yurtlarida tahsil
olmoqda. Ilmiy-madaniy aloqalar ham kengaymoqda.
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari
yanada kengaytirish xususan oliy ta’lim sohasidagi munosabatlarni yanada
rivojlantirish asnosida, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Ilmiy ishlar va
innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Shokirov Shuxrat Sobirovich 19-24 sentabr
kunlari Xitoy Xalq Respublikasining “Northwest Agriculture and Forestry” universitetida
tashkil etilgan, Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar oliy ta'lim
muassasalari rektorlari forumida ishtirok etdi. Shuningdek, forum doirasida universitetning
90 yillik yubeleyi ham keng nishonlandi.
Tashkil etilgan tadbirlar davomida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar
bo‘yicha prorektori Shokirov Shuxrat Sobirovich “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining
ilmiy-pedagogik faoliyati, xalqaro hamkorliklari, oxirgi yillarda erishilgan natijalari
va kelgusidagi hamkorlik rejalari haqida yig‘ilganlarga taqdimot qildi.
Forum doirasida xitoylik olimlar bilan uchrashuvlar va
ilmiy laboratoriyalarga tashriflar amalga oshirildi. Xususan, mexanizatsiya va
suvni tejash texnologiyalari bo‘yicha laboratoriyalarga tashrif buyurildi. Universitetning
prezidenti Prof. Wu Pute, suvni tejash texnologiyalari kafedrasi mudiri Prof.
Zhu Delan, mexanik injenerlik kafedrasi mudiri Prof. Fengxin Yan bilan uchrashuvlar
tashkil etildi va kelgusidagi hamkorlik rejalar xususida kelishuvlarga
erishildi.
Shuningdek, tashrif doirasida Xian Texnologiya
universitetiga ham tashrif amalga oshirildi. Tashrif mobaynida universitet vitse
prezidenti Yehua Shen bilan ilmiy ishlar, talaba va tadqiqotchi almashinuv bo‘yicha
muzokaralar olib borildi. Prof. Zhou Beibei boshchiligida universitetning “Suv
resurslari va gidroenergetika kafedrasi professorlari bilan uchrashuv tashkil
etilib tadqiqotchilarning ilmiy ishlari bilan yaqindan tanishildi va kelgusida
ilmiy hamkorlik bo’yicha kelishuvga erishildi. Tashrif davomida gidrotexnik
inshootlar va gidroenergitika bo’yicha o‘quv va ilmiy laboratoriyalar faoliyati
bilan tanishildi.