Sizga ta’zim aziz ustozlar
30.09.2024

Yosh avlodni ma’nan yetuk, tafakkur olami keng va bilimli insonlar etib tarbiyalayotgan o‘qituvchi – murabbiylar timsolida, ertangi kunimizning porloq kelajagi o‘g‘il - qizlarimiz baxtini ko‘ramiz. Ma’lumki, milliy qadriyatlarimizdan biri ustozlar va yoshi ulug‘ insonlarni qadrlashdir. Zero, ustozlarning bebaho o‘gitlariga amal qilib yashash, turmushdagi farovonligimiz va tinch osoyishta hayotimiz garovidir. Mana shunday yosh yigit qizlarni ta’lim tarbiya berib bugungi kunda nafaqada qarilik gashtini surayotgan ustozlarimizni “1-Oktyabr ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram arafasida “Oliy matematika” kafedrasi jamoasi faxriy ustozlarimiz dots. Raximjon Isamuxammedov, kat. o‘q. Qahhor Nishonboyev, vaqtinchalik davolanishda bo‘lib turgan dots. Valijon Vahobovlar bilan dildan suhbat qurishni ham farz, ham qarz deb bildik. Ustozlarni universitetimiz rahbariyati, kafedramiz jamoasi nomidan bayram bilan tabriklab, ularga yaratgandan uzoq-umr, sog‘lik-salomatlik va xotirjamlik so‘radik.
“Oliy matematika” kafedrasi assistenti M.Xidoyatova axboroti





