“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida Italiyaning Boloniya universiteti rektori Djovanni Molari boshchiligidagi deligatsiyasi bo‘ldilar

30.09.2024

#Rektordan #Yangilik

Uchrashuvda universitetimiz rektori bilan muhim kelishuvlar imzolandi va kelajakdagi hamkorlikning yangi bosqichi boshlandi. Rektorlar uchrashuvida o‘zaro tajriba almashish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, talabalarga xorijiy universitetlarda almashinuv dasturlari orqali tahsil olish imkoniyatini berish masalalari muhokama qilindi. Mehmonlarimiz universitet hududini va laboratoriyalarni ko‘zdan kechirdilar.


Muhim kelishuvlarga ko‘ra, yaqin kelajakda oziq-ovqat sanoati va qishloq xo‘jaligi sohalarida qo‘shma ta’lim dasturlari ochiladi. Bu, albatta, ikki universitetning ham tajribasi va bilimlarini birlashtirib, yangi mutaxassislarni tayyorlash imkonini beradi.


Ushbu hamkorlik universitetimiz uchun katta sharaf va yangi imkoniyatlarni ochadi. Ma’lumot o‘rnida ushbu universitet QS Dunyo universitetlar reytingida #133 o‘rinda turadi