TA’ZIM VA EHTIROM SIZGA AZIZ USTOZLAR
28.09.2024

Ma’lumki, milliy qadriyatlarimizdan biri ustozlar va yoshi ulug‘ insonlarni qadrlashdir. Zero, ustozlarning bebaho o‘gitlariga amal qilib yashash, turmushdagi farovonligimiz va tinch osoyishta hayotimiz garovidir. “1-oktyabr ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram arafasida “Yer resurslari va kadastr fakulteti” va “Oliy matematika” kafedrasi jamoasi nomidan, uzoq yillar davomida kafedramizda ilmiy pedagogik faoliyat olib borgan, ibratli hayot yo‘lini bosib o‘tgan, biz shogirdlarga qimmatli yo‘l yo‘riq maslahatlar berishda davom etayotgan faxriy ustozlarimiz dots. Halima opa Rahmatova, katta o‘qituvchi Gavhar opa Qalandarovalar bilan dildan suhbat qurishni ham farz, ham qarz deb bildik. Ustozlarni universitetimiz rahbariyati, kafedramiz jamoasi nomidan bayram bilan tabriklab, ularga yaratgandan uzoq-umr, sog‘lik-salomatlik va xotirjamlik so‘radik.
“Oliy matematika” kafedrasi assistenti M.Xidoyatova axboroti



