Ogohlik va hushyorlik - davr talabi
26.09.2024

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida aholi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarga nisbatan qarshi immunitetni shakllantirish, shuningdek, inson salomatligini ta’minlashga qaratilgan ishlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. So‘ngi yillarda yangi turdagi sintetik giyohvandlik vositalari va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar paydo bo‘layotganligi, ular inson omilisiz internetning ijtimoiy tarmoqlaridan foydalangan holda aholi, ayniqsa yoshlar orasida oson tarqatilayotganligi mas’ul davlat tuzilmalarining bu boradagi faoliyatini “Barcha sa’y-harakatlar inson qadri uchun” degan ustuvor g‘oya asosida sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish zarurligini taqozo etmoqda. Shu munosabati bilan 2024-yilning 20-sentyabr kunidan 20-oktyabr kuniga qadar Toshkent shahrida "Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish" oyligi deb e’lon qilingan.
2024-yil 25-sentyabr kuni "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti "Yer resurslari va kadastr" fakulteti tashabbusi bilan 1-kurs talaba yoshlariga "Giyohvand va psixotrop moddalar umr zavoli" mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Dotsent O‘tkir Islomov axboroti
Universitet matbuot xizmati





