Psixolog va talabalar uchrashuvi

24.09.2024

#Yangilik

  Joriy yilning 24-sentyabr kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti psixologi M.K.Muhammedova va “Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori D.Axrarovalar hamkorlikda 101-auditoriyada "Gidromelioratsiya" fakulteti 108-109-guruh talabalari bilan ”Biz birlashib-inoqlar jamoasi bo‘lamiz!!!” mavzusida trening mashg‘ulot o‘tkazdi.Tadbir talabalarni universitet psixologi faoliyati bilan tanishtirish va targ‘ibot qilish hamda talabalar o‘rtasida paydo bo‘ladigan ziddiyatli vaziyatlarni oldini olish, kollektivda birdamlik, jipslashish va do‘stona munosabatlar mustahkamligini shakllantirish maqsadida ikki qism doirasida tashkil etildi. Yig‘ilishning birinchi qismida universitet psixologi faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tildi. So‘ngra guruh ishtirokchilarining jipslikligini oshirish maqsadida: “Ism sifatlari orqali tanishuv”, “Yil fasllari”, “Ismim rangi”, “Bizni birlashtiruvchi sifatlar”, kabi trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Barcha talabalar mashg‘ulotda faol qatnashdilar.Uchrashuv so‘ngida talabalar o‘z talab va takliflarini, qiziqishlarini bayon etib o‘tishdi. Talabalarning takliflari asosida tadbirlar tashkil etishni maqsad qilgan holda uchrashuv yakunlandi.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova va 

“Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori D.Axrarovalar axboroti

"TIQXMMI" MTU matbuot xizmati