Ta’lim sohasi va xalqaro hamkorlik

23.09.2024

#Yangilik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5847-son «O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 - yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida» gi Farmonida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida jumladan, ta’lim xizmatlari eksportini rivojlantirish bo‘yicha xorijiy mamlakatlar bilan ta’lim sohasida hamkorlikni kengaytirish va ularning me’yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirib borish; xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash faoliyatini kengaytirish, hamkorlikda o‘tkaziladigan ilmiy konferensiyalar va seminarlar sonini ko‘paytirish, xalqaro ilmiy va ta’lim loyihalarini amalga oshirish vazifalari belgilab berilgan. 

Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi mudiri professor Arifjanov Aybek Muxamedjanovich “Nitra shahridagi Slovakiya qishloq xo‘jaligi instituti” va “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti o‘rtasidagi ta’lim sohasini yanada rivojlantirish maqsadida o‘z ma’ruzalarini professor-o‘qituvchilar va talabalarga taqdim etdilar. Bundan tashqari O‘zbekistonda mavjud suv resurslari va ulardan foydalanish holatlari to‘g‘risida taqdimot qilindi. Bunda ikki davlat suv resurslaridagi mavjud o‘xshash muammolar va ularning innovatsion yechimlari haqida ma’ruza o‘qidilar. 

Professor A.Arifjanovning ma’ruzalari Nitra shahridagi Slovakiya qishloq xo‘jaligi instituti maxsus saytida ham e’lon qilindi (https://www.fzki.uniag.sk/sk/aktualne-informacie-reader/vyberova-prednaska-future-and-perspectives-of-the-use-of-water-resources-in-uzbekistan/).

Taqdimot professor-o‘qituvchilar va soha mutaxassislarida katta qiziqish uyg‘otdi va bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi.

UNIVERSITET MATBUOT XIZMATI