EKO-AKSIYA TASHKIL ETILDI
21.09.2024
Joriy yilning 20-sentyabr kuni soat 11.00 da Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan respublikamizning barcha hududlarida “World cleanup day” (Butunjahon tozalik kuni) munosabati bilan “Hayot uchun joy ajrating!” ommaviy plogging eko-aksiyasi tashkil etildi.
Ushbu eko-aksiyada “Ekologiya va huquq” fakulteti tomonidan ham tashkil etilib, “Bir Vatanda, bir maqsadda — xalqaro chiqindisiz dunyo uchun!” shiori ostida fakultet jamoasi hamda ko‘ngilli talabalari atrof-muhitni chiqindilardan tozalash maqsadida birlashgan holda o‘z hissasini qo‘shishdi.
“Ekologiya va huquq” fakulteti dekani o‘rinbosari Alijon Binakulov axboroti
Universitet matbuot xizmati