SEMINAR-TRENING DAVOM ETMOQDA...

21.09.2024

  Hududlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda mahalliy mutaxassislarni malakasini oshirish maqsadida "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti tashabbusi bilan “Elektr energiyasini tejash va undan oqilona foydalanishni ta’minlash hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish” mavzusida boshlangan o‘quv seminari o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. 

  O‘quv-seminarining uchinchi kunida Ohangaron tumani, Angren va Nurafshon shahar hududlarida elektr energiyasi iste’molini o‘rganish, tejash va ekspluatatsiya davrida yuzaga kelgan nuqsonlarni tuzatish amaliyoti amalga oshirilmoqda.

  Angren shahrida universitetning Energetika fakulteti dekani A.Isaqov amaliyotga boshchilik qilmoqda. Seminar tinglovchilari universitetning professor-o‘qituvchilari E.Bozorov, J.Izzatillayev, Ya.Chulliyev S.Sultonov va N.Aytboyevlar boshchiligidagi 5 ta guruxga ajratildi va amaliyot boshlandi. 

  Amaliyot davrida “O‘rmonchi” va “Shimoliy” fiderlar orqali elektr energiyasi qabul qilayotgan TP-52 raqamli 400 kVA quvvatli transformatorning chiqish tarmog‘i saqlagichlari almashtirildi. Amaliyot davom etmoqda...