Tozalik va orastalik
15.09.2024

2024-yil 17-sentyabrda 3-talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan 1-bosqich talaba qizlari bilan “Tozalik va orastalik” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
3- sonli talabalar turar joyining 3-qavatida ya’ni 301-xonada YeRK fakulteti 1-bosqichdan 6 ta talaba qiz istiqomat qiladi. Z.Xafizova talaba qizlarga shunday dedi:
“Tozalik va orastalik” insonning hayot sifatini belgilaydigan muhim omillardan hisoblanadi. Ular faqatgina salomatlikni emas, balki psixologik holatni ham yaxshilashga xizmat qiladi. Tozalik va orastalik haqidagi bilimlarning ahamiyati zamonaviy jamiyatda kundan kunga ortib bormoqda.
Tozalik – bu insonning jismoniy holatini yuzaga keltirish va saqlashni anglatadi. Tozalikning asosiy maqsadi infeksiyalar va kasalliklarning tarqalishini oldini olishdir. Shunga ko‘ra, tozalik shunday usullar va vositalarni o‘z ichiga oladi, ular orqali mikroblar va zararli moddalarning tarqalishini kamaytirish mumkin.
Orastalik – bu insonning yashash muhitidagi tartib, odob-axloq va estetik ko‘rinishini saqlashga qaratilgan holatdir. Orastalik, ko‘pincha, obyektlarning yoritilganligi, tartibda bo‘lishi va ichki ko‘rinishini bildirishi mumkin.
Undan tashqari xonalarni tozaligiga, yuvinish xonalarning sanitar-gigiyenik qoidalariga e’tibor berish, rioya qilish to‘g‘risida ham ma’lumot berib o‘tdi.
"YRK" fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan
maslahatchisi Z.Xafizova axboroti
Universitet matbuot xizmati



