“Qizlarjon” klubini tashkil etish
13.09.2024

13-sentyabrda (4-TTJ) “Yer resurslari va kadastr” fakultetida “Qizlarjon klubi”ni ko‘rib chiqish va yangi 2024-2025 o‘quv yilidagi “Qizlarjon” klubi raisi va a’zolari tarkibini qayta saylash to‘g‘risida gapirib , "Qizlarjon” klubining tarkibi ta’lim muassasalari rahbariyati hamda xotin-qizlar kengashi faollarining qo‘llab-quvvatlashi asosida shakllanadi –dedi.O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 iyun kuni “Yoshlar qurultoyi”da qizlar tarbiyasi haqida alohida to‘xtalib, ular bilan faol ish olib borish kerakligini ta’kidlagan edi.Shu kunlarda O‘zbekistonning barcha mahallalarida, ta’lim maskanlarida Xotin-qizlar kengashi tomonidan "Qizlarjon" klublari tashkil etilmoqdaQizlarjon klubini tashkil etishning asosiy maqsadi talaba qizlarni uzluksiz ta’limga to‘liq qamrab olish, ularning ma’naviyati va madaniyatini yuksaltirish, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, iqtidorli qizlar safini kengaytirish va ularni qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan, faolligini oshirishdan iborat. Namoyon eta olmayotgan xotin-qizlarning orzu intilishlariga ko‘mak berish, jamiyatda o‘z o‘rnini topishi maqsad qilib olingan.Hozirgi kunda 5-tashabbus bo‘yicha – Universitet talaba-qizlarining bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazish, oilaga tayyorlash va hunarga o‘rgatish maqsadida “Qizlarjon” klubi, to‘quvchilik pazandachilik va tikuvchilik to‘garaklari faoliyat yuritmoqda.“Qizlarjon” klubini sardori etib-R.Rasulova tayinlandi.Ushbu yig‘ilishda faol qatnashgan Universitet psixologi M.Muxammedova va pedagog tarbiyachi S.Muxrumbaevalar ham o‘zlarining “Qizlarjon” klubini shakllantirishda o‘z fikrlarini bildirdilar."YRK" fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekanmaslahatchisi Z.Xafizova axborotiUniversitet matbuot xizmati



