“Birinchi kurs maktabi” yangi hayotga ilk qadam
13.09.2024
2024 yil 9- sentyabr kuni Energetika fakulteti 2024-2025 yangi o‘quv yilini boshladi. Shu kuni ertalab soat 07:30 dan asosiy kirish binosi oldida rektor B.S.Mirzayev boshchiligida talabalarni kutib olishdan boshlandi. Shundan so‘ng birinchi bosqich talabalarni “Birinchi kurs maktabi” dasturini 1-kunini boshlash uchun fakultetning 8- o‘quv zalida “Bir bo‘lsak-yagona xalqmiz, Birlashsak-Vatanmiz” shiori ostida o‘tkaziladigan tadbir hamda “Mustaqillik darsi” ochilish marosimiga taklif etildi.

Tadbirga universitet Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori R.Q.Choriyev hamda fakultet dekani A.J.Isakovlar ishtirok etishdi.Talabalarni talabalik baxtiga sazovor bo‘lganligi bilan tabriklab, universitetda yaratilgan sharoitlar hamda yurtimizda bo‘layotgan o‘zgarishlar, rivojlanishlar va siyosiy jaroyonlar haqida ma’lumotlar berishdi. “Birinchi kurs maktabi” dasturi reja bo‘yicha davom etmoqda.