1-bosqich talaba-qizlar bilan uchrashuv

12.09.2024

#Yangilik

2024 yil 11 sentabr kuni  “Toshkent irrgatsiya  va qishloq  xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash”  fakulteti  Xotin qizlar jamoasi 1-bosqichga qabul qilingan talaba-qizlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda E.G‘aniboyeva so‘zga chiqib, yurtimizda xotin-qizlar barcha sohalarda qo‘llab quvvatlanib kelinmoqda,  ular ijtimoiy, siyosiy, gender tengligi, ta’lim, sport sohalarida ildamlab borayotganligini alohida ta’kidlab o‘tdi.Universitetimizda ayol-qizlarimizni  bilim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar  bo‘yicha ma’lumot  berdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

 “QXM” fakulteti  Xotin qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi  E.G‘aniboyeva axboroti

Universitet matbuot xizmati