Qizlar bilan tanishuv
10.09.2024

Joriy yilning 10 – sentyabr kuni «Gidromelioratsiya» fakulteti xotin - qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Z.F.Beknozarova boshchiligida fakultet tyutorlari G. Аxmedjanova, D.Аxrarova va Universitet psixologi M.Muhamedovalar ishtirokida 1- kurs talaba qizlari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Z.F. Beknazarova -talaba qizlarni tabriklash bilan birga, Universitetda talaba qizlarga yaratilgan imkoniyatlar sharoitlar shu bilan birga ularga qo’yilgan talablar boʼyicha malumotlar berib o’tdi.
Uchrashuvda, kiyinish madaniyati – insonning tashqi koʼrinishi, maʼ naviy dunyosi, estetikasi, axloqiy sifatlari omili ekanligi aytib oʼtildi va tyutorlar, talaba qizlar bilan hamfikrlikda oʼtkaziladigan tadbir rejalari belgilab olindi.
Uchrashuv juda qiziqarli savol - javoblar tarzida olib borildi.
Quvonarlisi shundaki, qizlarning intiluvchan, bilimga chanqoq ekanligi va nufuzli Universitetda tahsil olayotganligidan mamnunligi soʼzlari va koʼzlaridan ko’rinib turibdi.
“Gidromelioratsiya” fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z. Beknazarova axboroti
Universitet matbuot xizmati



