“Xon atlas” festivali

10.09.2024

#Yangilik

2024 yil  10-sentyabr kuni "Yer resurslari va kadastr fakultetida  o’zbegimning urf-odati va an’anlari milliy qadriyatlarini namoyon etish maqsadida  hamda O’zbekiston respublikasi  Oila va xotin-qizlar qumitasining  2024 yil 19 avgust  02 -01 /1335 sonli xatiga binoan o’zbegimning milliy libosi “Xon atlas”  festivali o’tkazildi. Xon atlas – eng yorqin ranglar tabiat jilosi, gullar tasvirini o’zida mujassam etgan o’zbek milliy matosi hisoblanadi. Mazkur matoni qadimda faqat xonlar kiygani uchun ham xon atlas nomi bilan atalgan. Ushbu festivalda fakulьtetimiz talaba qizlari faol ishtirok etdilar. Ushbu festivalni o’tkazishda yordam bergan universitet yoshlar masalalari bo’limi xotin qizlar masalalai bo’yicha profilaktika inspektori leytenant G.X.Xalilova va tyuter M.Turg’unovalarga minnatdorchilik bildiriamiz.

"YRK" fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi  Z.Xafizova axboroti

Universitet matbuot xizmati