“Birinchi kurs maktabi” loyihasi doirasidagi uchrashuv
10.09.2024
Har bir ustozning o’z maktabi, uslublari va sodiq qoladfigan an’analari bo’ladi. Buni talaba yoshlar bilishi va o’rganishi uchun albatta ijodiy muloqotlarning tashkil etilishi maqsadga muvofiq. “Birinchi kurs maktabi” loyihasi doirasida uchrashuvlar ana shu maqsadga qaratilgani bilan xarakterlanadi.
Bugun universitetimizning “Gidromelioratsiya”
fakultetiga qabul qilingan 1-bosqich talabalari bilan O’zbekiston Respublikasi
Suv xo’jaligi vazirining o’rinbosari Qarshiyev Rustam Jo’rayevichning o’zaro
uchrashuvi bo’lib o’tdi.
Vazir o’rinbosari suv xo’jaligi vazirligiga kelguniga
qadar o’zining hayotiy faoliyati, ustozlaridan olgan saboqlari qay darajada
muhim rol o’ynaganini misollar asosida talabalarga gapirib berdi. Shu asnoda
talaba yoshlarga motivatsa berdi, keyin esa suv xo’jaligini bugungi kundagi holati
va vazirlikning amalga oshirgan ishlari hamda kelgusidagi strategik maqsadlari
haqida batafsil ma’lumot berdi.
Talaba yoshlar vazir o’rinbosarining erishgan
yutuqlari va martabasiga havas bilan qarashdi. O’zlarining ham el - yurt
manfaati uchun kamarbasta, fidoyi bo’lishni orzu qilishdi. Savol va javoblar
tarzida otkazilgan ijodiy muloqot uchun fakultet dekani Javlon Eshchonov vazir yordamchisi
Rustam Qarshiyevga o’z minnatdorchiligini bildirdi.
So’ngra talabalar va universitetet professori
Rahimboy Jumaniyozov “Nutq-ta’lim kaliti, xulq-tarbiya kaliti” mavzuyidagi
amaliy ma’ruzasi tashkil etildi. Talabalarga notiqlik boyicha “interfaol”
o’yinlari ularning qiziqishini orttirib davraga yanada fayz qo’shdi.
Universitet matbuot xizmati