USTOZLAR - MA'NAVIYAT FIDOYISI

31.08.2024

#Yangilik

Ma'naviyat fidoyisi bo'lish yosh va kasb tanlamaydi. U muhimi, fidoyilik va faollikni talab etadi. Talabalardan tortib, ustozlargacha ma'naviyatning fidoyisi bo‘lishga haqli.

O'zbekiston respublikasi ma'naviyat va ma'rifat markazining tashabbusi bilan tashkil etilgan Davlat mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ihlangan bayramona dasturda universitetimizning bir guruh professor o‘qituvchilari "Ma'naviyat fidoyisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Akademik Shukrillo Yuldashev hamda professor Muhayyo Shoumarovalarning nomlarini alohida qayd etish mumkin. O'tgan yili хuddi shu ko‘krak nishoniga ega bo‘lgan universitetimiz matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov esa tashakkurnoma va faxriy yorliq bilan taqdirlandi. Prezidentimizning ma'naviyat barcha sohalardan o‘n qadam oldinda yurish kerak bo‘lgan mulohazalarning isboti ayni kunda yana bir karra o‘z tasdiqini topdi desak, mubolag‘a bo'lmaydi. Mukofotlar muborak, aziz ustozlar!

UNIVERSITET MATBUOT XIZMATI