Indoneziya universiteti bilan hamkorlik yo’lga qo’yildi
29.08.2024

Indoneziyaning eng g’arbiy nuqtasida joylashgan Abulyatama Universitetida 27-30 avgustda bo’lib o’tgan “OPTIMALLASHTIRISHDAGI INNOVATSIYA: NAZARIYANI AMALIYOTGA JORIY ETISH” nomli xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda universitetimiz delegatsiyasi ishtirok etdi. Universitetning O’quv ishlari bo’yicha prorektori B.Xudayarov va Xalqaro bo’lim boshlig’i Sh.Rahmonov qatnashdi.
O’quv ishlari bo’yicha prorektor B.Xudayarov “Singulyar yadroli chiziqsiz integro-differensial tenglamalarni echish usuli va hisoblash algoritmi” mavzusida taqdimot qilib o’tdi. Shuningdek, konferensiya doirasida Abulyatama universiteti hamda “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti bilan o’zaro manfaatli hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu tadbir davomida yashil energetika bo’yicha hamkorlik rishtalarini o’rnatish hamda xalqaro ilmiy loyihalar ustida ishlash, magistrantlarni 1 semestrlik stajirovka tashkil etish, hamkorlikda ilmiy maqolalar chop etish kelishuvga erishildi.



