26-27 avgust kunlari davlatimizga Belarusiya delegatsiyasi Toshkent shahridagi O'zEKSPO markazida bo'lib o'tayotgan "Ikkinchi O'zbekiston-Belarus ayollari biznes-forumi" da qatnashish uchun yetib keldi.
28.08.2024

Shu munosabat bilan "Toshkent Irrigatsiya va
Qishloq Xo'jaligini Mexanizatsiyalash Muhandislari Instituti" Milliy
Tadqiqot Universitetining "Zamindar" hamda "Students'
Union" jamoasi a'zolari markazga tashrif
buyurishdi.
Tadbir davomida
universitetimiz talabalari tomonidan
ishlab chiqilgan bir qancha, jumladan, "Heta" hamda
"Boyqush" loyihalari bilan mehmonlarimizni yaqindan tanishtirdilar.
Jamoa loyihalari ko'plab xalqaro hamda mahalliy mehmonlar e'tiborini tortdi.
Markazdan yana boshqa turdagi bir qancha loyihalar o'rin olgan bo'lib, ularning hech biri mehmonlarimiz e'tiboridan chetda qolmadi.
Yurtimizda
ayol-qizlarga yaratilayotgan imkoniyatlar kundan-kunga ortib bormoqda. Bo'lib
o'tgan biznes forum ham berilayotgan e'tiborning yaqqol namunasi bo'la oldi. Bu
imkoniyatlar yaqin kelajakda o'z samarasini beradi desak mubolag'a bo'lmaydi.
Zero, ayol-qizlarimiz ta'lim olsa, barcha yosh avlod ta'lim olgan bo'ladi.
Bilimli onalari
bor yurt kelajagi buyuk yurtdir!
Muharrir:
Khamidullayeva Dilnozahon
Montaj ustasi:
Nuriddinov Diyor













