QXM fakulteti o‘qituvchilari KLAAS kompaniyasining yangi texnikalari bilan dala seminarlarida

27.08.2024

#Yangilik

27 avgust kuni Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tumani «AGROVER» MChJning dala maydonlarida “UzKLAAS Agro” kompaniyasi KLAAS AXION 850 traktorini Lemken plugi va kombinatsiyalashgan diskli borona bilan tuproqqa ishlov berishda dala seminari mashg‘ulotlarida Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakultetining bir guruh o‘qituvchilari ishtirok etishdi.


Maskur seminarda KLAAS AXION 850 traktori bilan Lemken plugi va kombinatsiyalashgan diskli borona bilan tuproqqa ishlov berish jarayoni bilan amaliy dala sharoitida yaqindan tanishishdi. Bundan tashqari ushbu texnikalarning ishlash prinsipi, tuzilishi va foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalarga ega bo‘lishdi.


KLAAS AXION 850 traktori dvigateli 6,8 litr hajmli va 233 ot kuchiga ega olti silindrli DPS dvigateli o‘rnatilgan bo‘lib,  quvvat manbasi sezilarli aylanishlar momenti zahirasi – 40% gacha, bu traktorni yuqori tortish kuchi bilan ta’minlaydi. KLAAS POWER MANAGEMENT elektron dvigatelni boshqarish tizimi BOOST rejimida nominaldan 35 ot kuchigacha qo‘shishga qodir. U HEHASHIFT avtomatlashtirilgan uzatmasi bilan maksimal 40 km/soat tezlikka erishish imkonini beradi, transport xolatida esa dvigatelning past aylanishlar rejimida ishlashini ta’minlaydi. Traktorning yuklangan xolatida 24 ta oldinga va orqaga tezlik bilan optimal ish tezligini tanlash mumkin. Kuchli orqa mexanizmi osgichi (10 tonna) va gidravlikasi (110 l/da) eng keng qamrovli va eng samarali agregatlar bilan ishlash imkonini beradi.