Universitet delegasiyasi Malayziya universiteti bilan hamkorlik o‘rnatdi

27.08.2024

#Yangilik

Malayziya Perlis universiteti bilan xalqaro hamkorlikni o'rnatish hamda Muhandislik masalalarini matematik modellashtirishga bag'ishlangan Xalqaro konferensiyada ma'ruza bilan qatnashish uchun Malayziya Perlis yniversiteti taklifiga binoan O'quv ishlari bo'yicha prorektor B.Xudayarov va xalqaro xamkorlik bo'limi boshlig'i Sh. Rahmonov universitet rektori (vitse kansler)  prof. Dr. Zaliman Bin Sauli va o'quv va xalqaro ishlar bo'yicha prorektor prof. Dr. Mohd Shukri Bin Abdul Majid bilan uchrashdi.


chrashuvda bakalavr yo'nalishlarida akademik mobillik, magistraturada 2 oylik xorijiy stajirivka hamda professor-o'qituvchilarni 1 oyga mos fanlar bo'yicha ingliz tilida darslarni tashkil uchun o'zaro almashish masalalari muhokama qilindi. Bunda Malayziyalik professor "TIQXMMI" MTUda va universitetimiz professori UniMAPda dars berishi kelishib olindi.