2024 yil 23 avgust kuni universitetimizga Xitoy Xalq Respublikasining “Mino Space” kompaniyasi, “Xidiang” va “Nanjing” universitetlari vakillaridan iborat bo‘lgan delegatsiya tashrif buyurishdi

26.08.2024

#Yangilik

Tashrif chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni kuchaytirish maqsadida bir qator kelishuvlarni amalga oshirish rejalashtirildi. Kelishuvga ko‘ra universitetimiz talabalari, magistrantlari, tayanch doktorant, doktorant, mustaqil izlanuvchi va professor-o‘qituvchilarni Xidiang” va “Nanjing” universitetlarida malakasini oshirish, ikki tomonlama dual ta’limni yo‘lga qo‘yish orqali ikki tomonlama “Double degree” diplom berish masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga sun’iy yo‘ldosh qurilmalarini yig‘ish, parvoz qildirish asosida tadqiqot ishlarini amalga oshirish bo‘yicha “Xidiang” universiteti Universitetimizning yosh olimlari va izlanuvchilarini o‘qitish borasidagi takliflarni qo‘llab qo‘vvatladi. 

“Mino Space” kompaniyasi bilan olib borilgan muzokarada kompaniya tomonidan universitetimiz uchun sun’iy yo‘ldosh qurilmasini yig‘ishga va uni parvozini amalga oshirishga yaqindan yordam berishi ta’kidlandi. Shu bilan birga sun’iy yo‘ldosh qurilmasini kuzatish uchun maxsus stansiya universitet hududida tashkil etilishi va yerni masofadan turib kuzatishni yo‘lga qo‘yish borasidagi muzokaralar bilan uchrashuvga yakun yasaldi. 2024 yilning sentyabr oyida Kelishuvlar memorandumini imzolash marosimi Xitoy Xalq Respublikasining poytaxti Pekin shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirildi.

Universitet matbuot xizmati